Fransiyada qadimiy “ustalar shahri” topildi
Foto: www.google.com
Fransiya shimolidagi Famar viloyatida olib borilgan qazishma ishlari jarayonida Milliy arxeologik tadqiqotlar instituti (“INRAP”) tomonidan Gallo-Rimga tegishli qadimiy shahar qoldiqlari topildi.
“INRAP” veb-sayti xabariga koʻra, qazishma ishlari 2011-yildan 2014-yilgacha ushbu hududda toʻrt marotaba oʻtkazilgan. Shu davr mobaynida arxeologlar tomonidan binolar qoldiqlari va soʻnggi ming yillikka oid eksponatlarni oʻz ichiga olgan madaniy qatlamlar aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, yangi tadqiqot tom maʼnoda yana-da chuqurroq qazishga imkon bergan. Natijada Gallo-Rim aglomeratsiyasining eng qadimgi izlari — “Fanum Martis” topilgan. Koʻrinishidan, bu hudud oʻz davri uchun juda katta shahar boʻlib, oʻz mintaqasining iqtisodiy markazi hisoblangan.
Aglomeratsiyaning eng qadimgi binolari milodning 40 yillariga borib taqaladi. Biroq Rim xarobalari ostidan miloddan avvalgi 1435-1290-yillarga oid buyumlar qoldiqlari ham topilgan. Qayd etilishicha, rimliklar davrida bu aholi punkti oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan.
Bundan tashqari, qazishma ishlari jarayonida arxeologlar ichida oʻnlab pechlar va inson yuzlari bilan bezatilgan koʻplab qadimiy idishlarni jamlagan katta kulolchilik ustaxonasiga duch kelishdi.
Shuningdek, “Teri zavodi“ qoldiqlari, u bilan birgalikda yelim ishlab chiqaradigan ustaxona ham aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring