Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi
“Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-39-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida oʻrnatildi:
— huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi;
— huquqbuzarlik moliyaviy jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi.
Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Soliq kodeksiga mazkur Farmondan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar va maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring