Firuzja bilan durangga erishgan Abdusattorov ertaga xitoylik shaxmatchi bilan kuch sinashadi

13:05 17 Yanvar 2024 Sport
405 0

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha davom etayotgan “Tata Steel Chess-2024” xalqaro turnirining ortda qolgan 4-tur oʻyinlaridan keyin niderlandiyalik Anish Giri 3,5 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. Bu haqda OʻzA axborot xizmati xabar berdi.

Kecha oʻtgan 4-tur bahsida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alireza Firuzjaga qarshi dona surdi.

Murosasiz kechgan oʻyinning 30-yurishida tomonlar uchrashuvda 0,5 ochkodan boʻlishib oldi. Ushbu natijadan soʻng Abdusattorov 2,5 ochko jamgʻargan holda Praggnanandhaa, Nepomnyashiy va I Vey bilan 3-6-oʻrinlarni egallab turibdi. Nodirbek bilan murosa yoʻlini tanlagan Firuzja esa 3 ochko bilan turnir jadvalining 2-pogʻonasida bormoqda.

Ortda qolgan tur oʻyinlarida 4 ta durang va 3 ta gʻalaba holati qayd etildi. Bugun, 17-yanvar kuni “Tata Steel Chess-2024” xalqaro turniri ishtirokchilari uchun dam olish kuni etib belgilangan.

Ertaga, 18-yanvar kuni tashkil etiladigan 5-tur uchrashuvida Nodirbek Abdusattorov xitoylik I Vey bilan roʻbaroʻ keladi. Shuningdek, Venszyun Szyu – Alireza Firuzja, Vidit Gujrati – Maks Varmerdam, Aleksandr Donchenko – Yorden van Forest, Gukesh – Yan Nepomnyashiy, Praggnanandhaa – Anish Giri, Parxam Magsudlu – Din Lijen uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер