Firibgarga sud hukmi oʻqildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatining Zafarobod qoʻrgʻonidagi “Yoshlik” madaniyat uyida jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tumani sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Unda “Navoiyuran” DK “Zafarobod” kon boshqarmasi rahbariyati va barcha boʻlinmalardan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Sud majlisida “Zafarobod” KB 6-sonli Avtomobil bazasi chilangari R.M.ning korxonaga ishga kiritish va boʻshatish vakolatiga ega boʻlmasdan turib, boshqa fuqarolarning ishonchiga kirgan holda ulardan kon boshqarmasiga ishga joylashtiraman deb, aldov yoʻli bilan maʼlum miqdorda pul undirganligi boʻyicha jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Sud tomonidan mazkur jinoyat ishi boʻyicha toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqilib, ayblanuvchining qilmishidan sidqidildan pushaymonligi va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda, qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan (oylik maoshining maʼlum qismini davlat hisobiga undirib qolish) jazo tayinlandi.
Majlisda soʻz olganlar kon boshqarmasiga ishga joylashish faqat korxonada belgilangan tartibda amalga oshirilishi, bu kabi masalalarda firibgarlardan ogoh boʻlish lozimligini taʼkidlashdi. Mazkur sayyor sud majlislarini ochiq oʻtkazishdan maqsad esa aybdorga faqat jazo tayinlash emas, balki sodir etilgan jinoiy qilmishning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, mehnatkashlar oʻrtasida huquqiy targʻibotni kuchaytirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan keng jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring