Fargʻonalik maktab oʻquvchisi “Microsoft” kompaniyasining ambassadori boʻldi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida xorij tillarini oʻqitishda viloyatda tayanch taʼlim muassasasi hisoblanadi. Buning samarasi sifatida keyingi yillarda maktab bitiruvchilari dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim dargohlarida oʻqish, xorij kompaniyalarida faoliyat olib borishga imkoniga ega boʻlmoqda.
Yaqinda maktabning 11-sinf oʻquvchisi Dilafroʻz Joʻraboyeva jahonda yuqori reytingga ega “Microsoft” kompaniyasining Oʻzbekistondagi ilk ambassadori boʻldi. U endilikda kompaniyaning yoshlarga moʻljallangan “Microsoft Learn Student” dasturi doirasida ish olib boradi.

— Bu dastur yoshlarga moʻljallangan loyiha boʻlib, u butun dunyo boʻylab texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yigit-qizlarni saralab olishga moʻljallangan, — deydi Dilafroʻz. — Albatta, mazkur loyiha qatnashchisi boʻlish oson emas. Buning uchun shaxsan oʻzim bir yil davomida kompaniyaning turli sinovlaridan oʻtishimga toʻgʻri keldi. Ayniqsa, sunʼiy intellekt texnologiyasi boʻyicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlarni bajarish oson boʻlmadi.
Aytish joiz, Dilafroʻz ayni paytda IT sohasidagi 50 nafarga yaqin xotin-qizlar qatoridan joy olgan va Oʻzbekistondagi eng kuchli 10 nafar sport dasturchi qizlar jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring