Fargʻonalik fermerlarga yangi paxta terish mashinalari topshirildi
Bugungi kunda xalqaro hamkorlik doirasida bir necha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirish, yangilarini ishlab chiqarish, shu yerning oʻzida yigʻish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Fargʻona shahrida joylashgan “Ferghana Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co., Ltd” korxonasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan paxta terish mashinalari fermer xoʻjaliklariga topshirildi.
— Joriy yilda har gektar yerdan olinadigan paxta hosilini 50, yaqin istiqbolda 70-80 sentnerga yetkazishga harakat qilyapmiz, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Alibek Tursunov. — Oʻtgan yili viloyatda 60 ta shunday texnika boʻlgan boʻlsa, bu yil Fargʻonada ishlab chiqarilayotgan 140 ta “Swan Cotton” paxta terish mashinasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Mavsum oldidan fermer xoʻjaliklariga 128 ta mashina topshirildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilda viloyatdagi paxta maydonining 60 foizini mashina bilan terib olish, kelgusi yili ushbu koʻrsatkichni 90 foizga yetkazish mumkin. Paxta terish mashinalarini 20 foizlik dastlabki toʻlov bilan 10-yil muddatga lizing asosida xarid qilish imkoniyati mavjud. Bu borada paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda fermer xoʻjaliklariga 15 foizlik subsidiya berilishi qoʻshimcha ragʻbatdir.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring