Fargʻonadan Janubiy Koreyaga 46 tonna gilos eksport qilindi

18:17 14 Iyun 2021 Iqtisodiyot
803 0

14-iyun kuni erta tongda viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Fargʻona” xalqaro aeroportida tashkil etilgan “Fargʻona – Inchxon” yuk aviareysida viloyatda yetishtirilgan 246 ming dollarlik 46 tonna gilos mahsulotlari Fargʻonadan Janubiy Koreyaga joʻnatildi.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shavkatjon Sotivoldiyevning qayd etishicha, mahsulotni eksportga rasmiylashtirish jarayoni “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan soddalashtirilgan tartibda, tezkorlik bilan amalga oshirildi.

Bu borada “Fargʻona” xalqaro aeroportida tashkil etilgan mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan muzlatgichli ombor gilosni sifati buzilmagan holda saqlash va xorijga yuborish imkonini beradi.

Taʼkidlash oʻrinliki, joriy yilning oʻtgan davrida Fargʻona viloyatidan 25,5 million dollarlik - 10 ming 420 tonna gilos xorijga eksport qilinishiga erishildi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?