Fargʻonada qariyb 72 mln soʻmlik sifatsiz tamakini chegaradan olib oʻtgan shaxs ushlandi

18:55 10 Yanvar 2026 Jamiyat
458 0

Fargʻona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotini Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikalari chegara hududidan kesib oʻtuvchi ariqdan olib oʻtayotgan shaxs ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.O. umumiy bahosi 71,9 mln soʻmlik 2 ming 248 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini “Qozi Ahror” MFY hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasidagi chegara qismini kesib oʻtuvchi ariqdan Oʻzbekiston hududiga olib oʻtgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?