Fargʻonada onlayn qimor oʻyinida yutqazgan oʻspirin oʻz joniga qasd qildi

14:00 21 Noyabr 2021 Jamiyat
1557 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida yosh oʻspirin “1Xbet” qurboni boʻlib, 16 mln. soʻm uchun oʻz joniga qasd qilganligi haqida xabar tarqaldi. Mazkur holatga Bosh prokuror matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 15-noyabr kuni Dangʻara tumani, Pishkaron mahallasi, Soysohili koʻchasida yashagan 28 yoshi bola oʻzini-oʻzi osib, oʻz joniga qasd qilgan.

Marhumning oʻlim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?