Fargʻonada ona-bola “ogʻufurush” qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullangan ayol va uning qizi qoʻlga olindi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.
Tergov hujjatlarida keltirilishicha, Qoʻqon shahrida yashovchi 1987-yilda tugʻilgan ayol giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanib, bu ishda oʻzining 2010-yilda tugʻilgan qizidan yetkazib beruvchi sifatida foydalangan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ayol va uning qizi xaridorga 3 gramm giyohvand moddani sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Fuqaroning uyi tekshirilganida esa uning 15 yoshli qizining qoʻlidagi yelim idishda ham kelgusida sotish uchun saqlab kelingan, 26 dona boʻlaklarga boʻlingan gashish borligi aniqlanib, dalil sifatida olingan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring