Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda “millionlar oʻyini”ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.
Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol akademiyalariga iqtidorli futbolchilarni saralab olish borasida izchil saʼy–harakatlar olib borilmoqda.

Ezgu tashabbuslar doirasida mashhur futbolchi Odil Ahmedov yurtimiz boʻylab futbol maktablarini tashkil etgan. Shu kunlarda Fargʻona shahrida “Odil Ahmedov futbol akademiyasi”ning “Odil Junior” Fargʻona filiali tantanali ravishda oʻz faoliyatini boshladi.
— Futbol akademiyasiga 4–12 yoshli bolalar tanlov asosida saralab olinadi hamda mashgʻulotlar taʼlim muassasamizning zamonapviy futbol bazasida olib boriladi,—deydi Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov.—Bugungi kunda akademiyaga qabul qilingan 50 nafardan ziyod kelajagimiz vorislari mahorat saboqlariga kirishgan. Mashgʻulotlarga eng iqtidorli futbol mutaxassislari jalb etilgan.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring