Farg‘onada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

Farg‘ona viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni belgilangan tashkiliy-huquqiy mezonlar asosida qizg‘in tus olmoqda.
-Viloyatimizdagi 1 ming 203 ta saylov uchastkasida bu tadbirga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rildi, uchastka saylov komissiyasi raisi hamda aʼzolarining bilim va amaliy ko‘nikmalari oshirildi, - deydi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi aʼzosi Ilhom Nosirov. – Bu borada oldindan ovoz berish jarayonini o‘tkazish tartibi tushuntirildi. Birinchi kunning o‘zida bir necha saylovchilarimiz oldindan ovoz berish maqsadida yozma murojaatlari asosida o‘z huquqlaridan foydalanish uchun saylov uchastkalariga tashrif buyurdilar.
Shuningdek, bugun 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi matbuot xizmatining brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, Farg‘ona viloyatidagi 62 nafar OAV vakiliga akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar topshirildi.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring