Fargʻonada “Energosavdo” muhandisi 9 ming dollar pora bilan qoʻlga
Foto: DXX
Fargʻona viloyatida jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan “Energosavdo” muhandisining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Fargʻona boʻlinmasi muhandisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, Oʻzbekiston tumanida yashovchi, 1962-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bogʻchada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan hisoblangan jami 1,8 mlrd soʻm jarima summasini 210 mln soʻmga tushirib berish evaziga 10 ming dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muhandis soʻralgan pul mablagʻidan 9 ming dollarni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyilgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring