Fargʻonada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan tadbirkorlik subyekti davlat va jamiyat manfaatlariga 270 millionga yaqin zarar keltirdi
Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida “Chinobod” mahallasida joylashgan fuqaro S.N.ga qarashli chinni buyumlarga ishlov berish korxonasining elektr taʼminoti koʻzdan kechirilganda noqonuniy harakatlar aniqlangan. Tekshiruv davomida korxona elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasidan foydalanib kelayotgani oshkor boʻlgan.
“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muntazam ravishda reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, yirik miqdordagi elektr energiyasidan foydalanayotgan korxonalar va fuqarolar aniqlanyapti”, deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, korxona jami 269,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Mazkur qoidabuzarlik boʻyicha mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi va korxonaga elektr energiyasi yetkazib berilishi darhol toʻxtatildi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha reyd tadbirlarini davom ettirishini maʼlum qildi. Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarga elektr energiyasidan qonuniy asosda foydalanish, qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish berilmoqda. Noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, qonuniy choralar koʻrilishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring