Fargʻonada adabiyot bayrami
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Anʼanaga koʻra, shu kunlarda Fargʻona viloyatida “Adabiyot bayrami” kunlari oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh yozuvchi–shoirlar, adabiyotshunos olimlar Qoʻqon shahrida tantanali ravishda kutib olindi.

— Bu yilgi tadbirlar doirasida mumtoz adabiyotimiz namoyandalari Xoʻjanazar Huvaydo tavalludining 320-yilligi, Jahon otin Uvaysiyning 245-yilligi,, Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqatning 165-yilligi, Hamza Hakimzoda Niyoziyning 135-yilligi katta tantana sifatini nishonlanishi belgilangan, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Dilshoda Ergasheva. —Shuningdek, shoir Habibullo Said Gʻanining 80-yilligi, Hamid Burhonning 75-yilligi hamda Enaxon Siddiqova, Nosir Zohid, Karima Ashurova, Abdulatif Turdaliyev tavalludiga 70-yil toʻlishi munosabati bilan bayram tadbirlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Adabiyot bayramining dastlabki kuni Furqatning Yorkentdan olib kelingan xoki qoʻyilgan Shayxon qabristonidagi qabri ziyorat qilinib, uning siymosiga qoʻyilgan haykal hamda Qoʻqon shahri markazida oʻrnatilgan haykalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Qoʻqon drama teatrida teatrlashtirilgan adabiy–badiiy kecha tashkil etildi.

Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari barchani ushbu bayram bilan qutlab, qutlugʻ yubiley toʻyini nishonlayotgan Hamid Burhon, Nosir Zohid, Karima Ashurova va Abdulatif Turdaliyevga viloyat hokimligining esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Bugun viloyat shahar–tumanlari boʻylab bayram tadbirlari davom etmoqda.


Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring