Fargʻonada abituriyentlar uchun test sinovlariga start berildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bugun erta tongda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Fargʻona viloyatida ham 2025-2026 oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga test sinovlari boshlandi.
— Shu maqsadda belgilangan tartibda barcha tayyorgarlik ishlari sifatli amalga oshirilib, ushbu jarayonga jalb etiladigan mutaxassislar, taʼlim sohasi vakillarining nazariy hamda amaliy bilimlari oshirildi, — deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Ismoilxon Shokirov. — Imtihonlar viloyatdagi 6 ta hududda va 8 ta koʻp sigʻimli zamonaviy bino-inshootlarda tashkil etiladi.
Har kuni imtihonlar ikki smenada oʻtkazilib, unda 66 mingdan ziyod abituriyentlar qamrab olinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatning eksklav hududida joylashgan Soʻx tumani yoshlari uchun qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari tumanning oʻzida boʻlib oʻtmoqda.
Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi binosida oʻtkazilayotgan test jarayonida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun barcha qulaylik muhayyo etilgani eʼtiborga molik.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring