Fargʻonada 6 yashar bola ayanchli YTHda halok boʻldi
Videodan kadr
Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 33 yoshli haydovchi 6 yashar bolani bosib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 16-avgust kuni soat 16:30 larda Buvayda tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oʻtgan 40V083 avtomobil yoʻlining 1-kilometrida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 33 yoshli T.M. “Gaz-3110” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, velosipedda yoʻlning qatnov qismiga chiqib yuborgan 6 yashar X.M.ni urib yuborgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida X.M. tan jarohati olib shifoxonaga olib borilgan. Biroq bola koʻrsatilgan tibbiy yordam qaramasdan oʻsha yerda vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring