Yevropa Komissiyasi rahbari Makron bilan maxfiy yozishmalarda ayblanmoqda

12:58 25 Sentyabr 2025 Dunyo
91 0

Foto: AP

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen atrofida “yana bir mojaro” avj oldi. Gap shundaki, u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron maxfiy yozishmalar yozishib yurgan.

Vengriya parlamenti deputati Kinga Galning ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilishicha, Yevropa Ombudsmani Lyayenning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Yevropa Ittifoqining MERKOSUR (Janubiy Amerika umumiy bozori) bilan kelishuviga doir maxfiy yozishmalari yuzasidan tekshiruv boshlagan.

“Pfizergate” mojarosida boʻlgani kabi, bu xabarlar ham yoʻq boʻlib ketdi. Bu holat yana bir bor Yevrokomissiya faoliyatida shaffoflik yoʻqligini koʻrsatadi. Bizga maxfiy muzokaralar va yoʻqolib borayotgan xabarlar emas, Yevropa Ittifoqi institutlarida haqiqiy shaffoflik kerak», — deydi Gal.

Shu yilning may oyida Yevropa Ittifoqi Adliya sudi Lyayen va “Pfizer” bosh direktori oʻrtasidagi xabarlarni oshkor qilishdan bosh tortganini uchun Yevropa Komissiyasiga qarshi qaror chiqardi. Shundan soʻng Yevropa sudi Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenni 2021–2023-yillarda COVID-19 vaksinalarini xarid qilish boʻyicha shartnomalar haqidagi maʼlumotlarni yashirganlik uchun javobgar deb topgandi.

Yevropa Ittifoqi rahbariga qarshi ayblovlar “The New York Times” gazetasi tomonidan ilgari surilgan. Nashr vakillarining taʼkidlashicha, pandemiya avjida Lyayen “Pfizer” bosh direktori Albert Burla bilan shaxsiy yozishmalarda boʻlgan va unda u Yevropa Ittifoqi uchun 30 milliard yevrodan koʻproqqa vaksina sotib olish boʻyicha shartnomalar shartlarini muhokama qilgan. Yevrokomissiya rahbari jurnalistlarga ushbu matnli xabarlarni chop etishga ruxsat berishdan bosh tortdi, bu esa vaksinalarni xarid qilish boʻyicha muzokaralarda shaffoflik borligiga shubha uygʻotdi.

Yevropa Komissiyasi Lyayen haqiqatan ham matnli xabarlar orqali shartnomalarni muhokama qilganini tasdiqladi. Ammo bu xabarlar tasodifan oʻchirilgani va shuning uchun jurnalistlar bilan boʻlishish imkonini yoʻqligini tushuntirdi. Oʻz navbatida, mutaxassislar bu ish inqiroz davrida sogʻliqni saqlashni boshqarishda shaxsiy javobgarlik va shaffoflik chegaralari toʻgʻrisida kengroq munozaraga aylanishi mumkinligini istisno qilishmadi.

Oldinroq Lyayenning isteʼfoga chiqishi haqida ham gap-soʻzlar tarqagandi. Ammo uning oʻzi buni rad etdi: Lyayen Germaniya prezidenti boʻlish uchun hozirgi lavozimidan voz kechish niyatida emasligini aytdi.

“Men Yevropa Komissiyasi prezidenti sifatidagi vazifamga toʻliq sodiqman va boshqa majburiyatlarni oʻz zimmamga olish niyatim yoʻq”, — dedi u.

Yevropaning chap qanot kuchlari Lyayenga ishonchsizlik votumi oʻtkazish bilan tahdid qilmoqda. Ular Yevropa Ittifoqining Gʻazo sektori bilan shugʻullanishi va AQSH bilan muvaffaqiyatsiz kelishuvlar tufayli savdo siyosatidan norozi. Chaplar hozirda imzo toʻplamoqda. Ularga “Yashillar” va “Oʻnglar” qoʻshilishi mumkin, ammo aniq natija hozircha nomaʼlum. Yozda Lyayenni va butun Yevropa Komissiyasini “agʻdarish”ga urinish boʻlgan. Ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi: iyul oyida parlamentning 360 aʼzosi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi, 175 nafari uni qoʻllab-quvvatladi, 18 nafari esa betaraf qoldi. Ovoz berish uchun kamida 361 parlament aʼzosi – hozir boʻlganlarning uchdan ikki qismi qoʻllab-quvvatlashi kerak edi.

Bundan tashqari, Germaniyaning “Der Spiegel” nashri Germaniya kansleri Fridrix Mers Lyayenni 2027-yilgi saylovlarda Germaniya prezidentligiga nomzod sifatida koʻrib chiqayotgani haqida xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер