Yevropa Ittifoqi Eronning yuk tashish sohasiga sanksiya kiritdi
Eron oʻzining kemasozlik kompaniyasi va boshqa tashkilotlarga nisbatan Yevropa sanksiyalarini qoralab, ular Ukraina urushida foydalanish uchun Rossiyaga ballistik raketa yuborgani haqidagi soxta daʼvolarga asoslanganini aytdi. Sanksiyalar Eron Islom Respublikasi yuk tashish liniyasining aktivlarini muzlatishdan iborat edi.
Eron Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning ushbu bahona bilan Eronga qarshi qoʻyilgan cheklovlarini oqlab boʻlmaydi va hech qanday qonuniylik, huquqiy asos yoki mantiqqa ega emas.
Eron matbuot kotibining aytishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga Eron ballistik raketalari eksport qilinmaganini tan olgan. Zelenskiy oktyabr oyi oxirida Eron hali Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazib bermaganini, ammo potensial yetkazib berish boʻyicha chuqur muzokaralar olib borayotganini maʼlum qilgan. U, shuningdek, Eron Rossiya hududida portlovchi moddalar oʻrnatilgan “Shahed” dronlarini ishlab chiqarish uchun litsenziya olganini aytdi. Tehron esa bu ayblovni rad etgan.
“Fath-360” qisqa masofali ballistik raketalar yetkazib berilsa, Ukraina frontiga joylashtirilishi va Rossiyaga Ukraina hududidagi hujumini yaxshiroq boshqarishga yordam berishi mumkin.
Ayni paytda Eron va Gʻarb oʻrtasidagi ziddiyat kuchayib bormoqda, chunki Tehron oktyabr oyida Isroilning Eronga havo hujumlari uchun javob tariqasida Isroilga qarshi uchinchi yirik hujumini uyushtirmoqchi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi harbiy qoʻmondonlar va shaxsiy tarkib yigʻilishida urushga toʻliq kuch bilan tayyorlanayotganini maʼlum qilgan.
“Tahdid qilayotgan dushmanlar ojiz tomonimizni qidiryapti, agar biror zaiflikni koʻrsalar, undan foydalanib qolishadi. Shunday ekan, urush paytida kuchli turish juda zarur”, — degan vazir. Shuningdek, prezident maslahatchisi Muhammad Javod Zarif yahudiy xalqiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish uchun ingliz tilida video chiqardi.
“Tarixning notoʻgʻri tomonida turib, Netanyahu rejimi Isroilning Gʻarb tarafdorlari bilan birgalikda mintaqada oʻlim va vayronagarchilik mexanizmini ishga solib, qirgʻin hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarni keltirib chiqardi. 50 mingdan ortiq tinch aholi halok boʻldi. Ularning 10 mingdan ortigʻi bolalar”, — degan u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring