Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

14:38 19 Fevral 2025 Jamiyat
222 0

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Ora Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Unga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekiston va Estoniya oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qilingan. Shuningdek, ikki mamlakatning iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar oʻrtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

“Janob Elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz”, deb yozadi TIV rahbari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ispaniya va Kanadaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlangani, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?