Eronda ilk bor ayol prezidentlikka nomzodini qo‘ydi
Foto: RIA
Zuhra Ilohiyon mamlakatdagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan va nomzod sifatida ro‘yxatga olingan birinchi eronlik ayol bo‘ldi. Uning ishtiroki haqida Islom Respublikasi saylov shtabining vakili Mohsin Islomiy ma'lum qildi.
Shu bilan birga, 31-may kuni u uchta eronlik ayolga “talablarga javob bermagani uchun” ro‘yxatdan o‘tishi rad etilganini ta’kidladi.
Hozirga qadar prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun hujjat topshirganlar soni 17 nafarga yetdi. Ular orasida Ilohiyondan tashqari Tehron meri Alirizo Zakoniy va Parlamentning sobiq rahbari Ali Larijoniy ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring