Eron Trampni ogohlantirdi
Foto: Reuters
Eron AQSH prezidenti Donald Trampga hujum sodir boʻlgan taqdirda Amerika tuprogʻida oʻzining “uxlab yotgan” yacheykalarini faollashtirishga tayyorligi haqida ogohlantirishni yetkazgan. Bu haqda “NBC News” ikki amerikalik rasmiyga tayanib xabar tarqatdi.
Bu manbalarga koʻra, Tehrondan kelgan xabar Trampga Kanadadagi G7 sammitida vositachi orqali yetkazilgan, shundan soʻng AQSH prezidenti, telekanal suhbatdoshlariga koʻra, “Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaro bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan harakatlarini koʻrib chiqish” maqsadida tadbirni erta tark etgan.
“NBC News” Oq uy bilan bogʻlanib, bu masala yuzasidan izoh soʻragan, biroq javob olmagan. Bundan tashqari, Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ham vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.
22-iyunga oʻtar kechasi Tramp AQSH mamlakat harbiy-havo kuchlari Eronning uchta yadroviy obyektiga, jumladan Fordo, Natanz va Isfaxonga hujum qilganini maʼlum qildi. Oq uy rahbari buni Qoʻshma Shtatlar, Isroil va butun xalqaro hamjamiyat uchun “tarixiy lahza” deb atadi va bu “ajoyib muvaffaqiyat”dan keyin Eron tinchlikka rozi boʻlishi kerakligini aytdi.
Eron esa AQSH zarbalari uning obyektlariga jiddiy zarar yetkazmaganini daʼvo qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring