Eron prezidenti Isroil bilan mojaroni toʻxtatish shartlarini maʼlum qildi
Foto: AP
Eron – Isroil mojarosi hech qanday shartlarsiz toʻxtatilishi kerak, biroq Tehronga Isroilning “sarguzashtlari” endi yuz bermasligi uchun kafolatlar zarur. Bu fikrlarni Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon aytib oʻtdi.
“Biz doimo tinchlik va osoyishtalikka intilganmiz, ammo hozirgi sharoitda urushni tugatishning yagona yoʻli – hech qanday shartlarsiz, shuningdek, sionist terrorchilarning sarguzashtlari abadiy toʻxtashiga kafolat bilan dushman tajovuzini toʻxtatishdir”, – dedi Pezeshkiyon.
Aks holda, uning fikricha, Eron qattiqroq javob beradi.
Oʻz navbatida Eron Tashqi ishlar vazirligi muzokaralarni boshlash shartini maʼlum qildi.
Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchining aytishicha, Isroil unga hujum qilishda davom etar ekan, Tehron hech kim bilan muzokaralarni boshlamaydi.
“Hozirgi sharoitda sionistik rejimning Eronga hujumlari davom etar ekan, biz hech kim bilan muzokara qilishni istamaymiz”, – deya taʼkidladi siyosatchi.
Araqchining soʻzlariga koʻra, AQSH Eronga “jiddiy xabarlar” yuborgan. Tehron bunga javoban Isroil zarbalari toʻxtatilgunga qadar “muloqot va diplomatiya haqida gap boʻlishi mumkin emasligini” ochiq aytgan.
Avvalroq, Isroil bilan mojaro boshlanganidan keyin Eron tashqi ishlar vaziri AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan bir necha marta toʻgʻridan-toʻgʻri telefon orqali muloqot qilgani maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring