Eron Ali Larijoniy vafot etganini tasdiqladi
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy halok boʻlgani tasdiqlandi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Isroilning havo zarbalari oqibatida Larijoniy bilan birga uning oʻgʻli Murtazo hamda qoʻriqlash xizmati rahbari Alirizo Bayat ham halok boʻlgan.
“Larijoniy Pardis tumanidagi qizining uyida oʻgʻli, oʻrinbosarlaridan biri va bir necha tansoqchilari bilan birga halok boʻldi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon hamda Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Larijoniy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, bunga javoban “qattiq qasos olinishi”ni vaʼda qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Ali Larijoniy Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy halok boʻlganidan keyin oʻldirilgan eng yuqori lavozimli amaldor hisoblanadi.
“The New York Times” nashrining yozishicha, AQSH va Isroil hujumlaridan oldin Larijoniy amalda mamlakat rahbariga aylangan va unga namoyishlarni bostirish hamda ehtimoliy urushga tayyorgarlik koʻrish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, u Tehronning asosiy hamkorlari — Rossiya, Qatar va Ummon bilan aloqalarni muvofiqlashtirgan hamda AQSH bilan Eron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarga masʼul boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring