Energetika vaziri “Huawei” kompaniyasining bosh ofisida boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Xitoyning Shenjen shahridagi “Huawei” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi, shuningdek, kompaniyaning quyosh elektr stansiyalari uchun inverter va akkumulyator ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishdi.
2023-yilning 16-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, viloyat hokimliklari, tizim tashkilotlari va sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya energetika sohasini rivojlantirish boʻyicha innovatsion yechimlar bilan tanishish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning muvaffaqiyatli namunalarini oʻrganish va tajriba almashish maqsadida Shenchjendagi “Huawei” shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya uchun “Huawei” koʻrgazmalar markazi, shuningdek, turli maqsadlardagi quyosh elektr stansiyalari uchun invertorlar va qayta zaryadlanuvchi akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi “Huawei Digital Power” ishlab chiqarish quvvatlari boʻlimi boʻylab ekskursiya tashkil etildi.
«Huawei kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasida hamkorlar bilan birgalikda yirik sanoat elektr stansiyalari, savdo va sanoat tarmoqlari, shuningdek, mahalliy quyosh elektr stansiyalari uchun fotoelektr texnologiyalar va energiya saqlash loyihalarini tatbiq qilishda ishtirok etish va ularni amalga oshirish tajribasiga ega. Bugun biz delegatsiya vakillariga “Huawei Digital Power” tajribasini vizual tarzda taqdim etish va mamlakat rahbariyatining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni koʻpaytirish boʻyicha qatʼiy siyosatini inobatga olgan holda yashil energiyaga tezroq oʻtish uchun yanada koʻproq imkoniyatlarni muhokama qilish imkoniga egamiz ”,– dedi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Chen Szyakay.
Kompaniyaning energetika sohasida raqamli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha jahon tajribasi bilan tanishish doirasida Energetika vaziri «Huawei Global Energetika biznes boʻlimi Prezidenti Janob Sun Fuyu bilan uchrashuv oʻtkazdi va Oʻzbekiston Respublikasida raqamli va energetika texnologiyalari integratsiyasini oshirish, ekotizim ishtirokchilari va tadbirkorlar uchun “yashil” energiyani ishlab chiqarish, joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, energetika sohasini rivojlantirish va quyosh energiyasi hisobiga yirik korxonalarni elektrlashtirish, Oʻzbekistonda uglerod neytralligiga erishish jarayonini tezlashtirish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Huawei Digital Power” kompaniyasi asosiy eʼtiborni raqamli energetikani rivojlantirishga qaratadi. 2021-yilda mijozlar “Huawei Digital Power” takliflari asosida 482,9 milliard kVt-soat yashil energiya ishlab chiqardi, bu esa 14,2 milliard kVt-soat elektr energiyasini tejash va SO2 emissiyasini 230 million tonnaga qisqartirish imkonini berdi, bu 320 million daraxt ekishga teng. 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekistondagi “Huawei” kompaniyasi va Energetika vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan, shuningdek, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring