Endilikda IIO boshligʻi va prokurorning xizmat xonasi mahallada tashkil etiladi

11:29 20 Avgust 2025 Jamiyat
293 0

Illyustrativ foto

18-avgust kuni “Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi prezident qarori [PQ-253-son] qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

• kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sunʼiy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy taʼminotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan toʻliq qamrab olish;

• joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qoʻriqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Qaror bilan “Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar” Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uygʻunlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konsepsiyaga koʻra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi va prokurorning xizmat xonasi 2025-yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan oʻsha yerda amalga oshiriladi. Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi “mahalla targʻibotchisi” jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Shuningdek, jamoat joylari, koʻp qavatli turarjoy va uylar oldida “tashvish” tugmalari oʻrnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер