Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq toʻlashi mumkin

13:24 17 Iyun 2023 Hujjatlar
1005 0

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–847-son, 16.06.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchaga koʻra, shaxsiy tomorqasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila aʼzolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qatʼi nazar oʻzlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin.

Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda boʻlsa ijtimoiy soliq toʻlashga ruxsat berilgan.

Shu sababli “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qoʻyilgan talablar chiqarib tashlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?