Endi koʻp kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish masalasi uy egalari orasida ovozga qoʻyiladi

12:12 21 Iyun 2021 Jamiyat
874 0

“Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, quyidagi masalalar boʻyicha umumiy yigʻilishning qarori, agar uni yoqlab uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan koʻprogʻi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi:

koʻp kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish;

mulkdorlar amal qilishi majburiy boʻlgan koʻp kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash;

koʻp kvartirali uy-joy uchun qarz va kreditlarni jalb qilish.

2021-yil 1-avgustgacha loyiha doirasida biriktirilgan hududlar, 2022-yil 1-yanvarga qadar esa butun respublika hududlarida koʻp kvartirali uy-joyga xizmat koʻrsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimi joriy qilinadi.

2021-yil 1-oktyabrgacha koʻp kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestri ishga tushiriladi.

2021-yil 1-iyuldan koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga oʻtgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida, uch yilgacha uzaytirish choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?