Endi hammasi bir joyda!

10:21 08 May 2020 Jamiyat
2066 0

Yakor“Oʻzsanoatqurilishbank” yangi “JOYDA” mobil ilovasini ishga tushirdi.

Natijada endilikda mijozlar ushbu ilovaning marketpleysidagi istalgan tovarni hech qanday hujjatlarsiz xarid qilib, pulini boʻlib toʻlash imkoniga ega boʻladi. Bunda bank krediti onlayn rasmiylashtirilib, tovarlar koʻrsatilgan manzilga bir ish kuni ichida bepul yetkazib beriladi.

Mazkur xizmatdan barcha tijorat banklari mijozlari foydalanishlari mumkin. Ilova orqali amalga oshiriladigan har bir xarid uchun bank alohida sovgʻa – Visa Gold kartasi va mahsulot sugʻurtasini ham yetkazib beradi.

“JOYDA” bilan anʼanaviy bank xizmatlaridan ham odatdagidek foydalanish mumkin. Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartadagi pul mablagʻlarini boshqarish, uni zarur holatda tezda blokka tushirish, kartalararo oʻtkazmalarni amalga oshirish (bunda, “Oʻzsanoatqurilishbank” kartalari oʻrtasidagi oʻtkazmalar uchun komissiya toʻlovi – 0%, boshqa banklarning kartalariga esa – 0,5%) shular jumlasidandir.

Ilovada maxsus chat orqali mutaxassisga murojaat qilish ham mumkin.

Eslatib oʻtamiz, “JOYDA” orqali sotib olingan tovarlar hozircha faqat Toshkent shahri boʻylab yetkazib beriladi. Yaqin orada boshqa hududlarda ham yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.

JOYDA ilovasini yuklab olish uchun:

iPhone

Android

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

+998-71-200-43-43 – Koll-markaz

@sqbsupport – telegram-bot

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?