EʼLON!
Xalqaro Nordik Universiteti oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga 2025-yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik uchun qabul eʼlon qiladi:
Tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik kirishni xohlovchilar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori ilovasida koʻrsatilgan Nizom talablariga javob berishi va qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda taqdim etishlari kerak:
— rektor nomiga ariza;
— qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl boʻyicha oʻzbekcha va ruscha shaklda);
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
— nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati (3.4-shaklda), shuningdek ularning nusxalari;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi.
— pasport nusxasi;
— til boʻyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-sonli va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-sonli qarorlarida keltirilgan roʻyxat hamda OTFVI vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrugʻi 3-ilovasida keltirilgan darajalar asosida);
— ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
Doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirishni xohlovchilar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori ilovasida koʻrsatilgan Nizom talablariga javob berishi va qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda taqdim etishlari kerak:
— rektor nomiga ariza;
— qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl boʻyicha oʻzbekcha va ruscha shaklda);
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
— tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
— nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati (3.4-shakl), shuningdek ularning nusxalari;
— pasport nusxasi;
— til boʻyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-sonli va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-sonli qarorlarida keltirilgan roʻyxat hamda OTFVI vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrugʻi 3-ilovasida keltirilgan darajalar asosida);
— ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun).
Hujjatlar 2024-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Doktorantura, tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik uchun kirish imtihonlari 2024-yil 1 — 25-noyabr kunlari oʻtkaziladi.
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda oʻqish uchun talabgorlar mutaxassisligi boʻyicha kirish imtihonlarini topshiradilar.
Doktoranturada oʻqish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik boʻyicha suhbatdan oʻtadilar.
Murojaat uchun manzil: 100096 Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 8/2.
(Reklama huquqi asosida)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring