“Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari qachon ishga tushadi?
Foto: Illustrativ
“Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilingandi. Qarorga muvofiq, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida 2024-yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari amaliyotga joriy etilishi maʼlum qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy qilinadi. Bundan tashqari, qaror bilan tibbiyot muassasasi rahbariga muassasaning quvvati doirasida boʻlinmalar ixtisoslashuvini, ulardagi davo oʻrinlari sonini oʻzgartirish hamda ajratilgan mablagʻlar doirasida xodimlar sonini ish hajmiga muvofiq belgilash vakolati beriladi.
Shuningdek, tibbiyot muassasalari uchun tasdiqlangan shtat meʼyorlari tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi hamda 2025-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning alohida tartibi hamda shartlari tatbiq etiladi. Qayd etilishicha, koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning tasdiqlangan standart hamda protokollarga muvofiqligi va sifati nazorat qilinishi ham ushbu qonun bilan mustahkamlandi.
Xabar qilinishicha, 2025-yil 1-aprelgacha Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxati hamda bazaviy narxlari kasalliklarni davolash yoʻnalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun qayta tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring