Elektr va gaz uchun kompensatsiya olishdagi eng koʻp yoʻllanayotgan 6 savolga javob berildi

13:03 14 Iyul 2025 Jamiyat
152 0

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari elektr va gaz uchun kompensatsiya olishda turli savollar bilan murojaat qilayotgan fuqarolar uchun eng koʻp soʻralayotgan savollarga javob berdi.

Elektr va gaz sarfim belgilangan meʼyordan oshgan. Shunda ham kompensatsiya olishim mumkinmi?

Agar oilaning haqiqiy ehtiyojmandligi aniqlansa, bazaviy meʼyordan ortiq sarf uchun ham kompensatsiya tayinlanishi mumkin. Bunda oila Ijtimoiy reyestrlarda roʻyxatda boʻlishi yoki daromadi jon boshiga hisoblaganda minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmasligi kerak.

Nima uchun arizam rad etildi? Men oʻzimni ehtiyojmand deb hisoblayman.

Avtomatlashtirilgan tizim 50 dan ortiq maʼlumotlar bazasi orqali arizachining daromad va mulk holatini baholaydi. Rad etilgan boʻlsa, yashash joyingizdagi “Inson” markaziga yoki 1140 raqamiga murojaat qiling.

Biz ijarada yashaymiz. Kompensatsiya bizga ham toʻlanadimi?

Ha. Agar siz reyestrda boʻlsangiz, uy nomingizda boʻlmasa ham, abonent raqamlarini taqdim etsangiz, kompensatsiya olishingiz mumkin.

Men kompensatsiya berilayotganini eshitmay qolibman. Hozir ariza bersam, avvalgi oylar uchun ham toʻlab beriladimi?

Yoʻq. Kompensatsiya faqat ariza berilgan kundan hisoblanadi. Masalan, 15-iyulgacha ariza berilsa, iyun oyi uchun kompensatsiya beriladi. Undan avvalgi oylarga berilmaydi.

Bir oy kompensatsiya oldim, keyingi oyda yoʻq. Nima sabab boʻlishi mumkin?

Qayta baholashda daromad oshgan boʻlishi yoki energoresurslar isteʼmoli meʼyordan oshmagan boʻlishi mumkin. Aniqlash uchun “Inson” markaziga yoki 1140 raqamiga murojaat qiling.

Men yolgʻiz yashayman, pensiyam kam. Ammo “mol-mulk” bor deb arizamni rad qilishdi. Shu toʻgʻrimi?

Tizimdagi maʼlumotlarga koʻra, ikki yoki undan ortiq kvartira yoki avtoulov mavjudligi daromad darajasi belgilovchi omil hisoblanadi.

"Fuqarolar boshqa savollar bilan 1140 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin", — deyiladi agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер