Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.S.” MCHJ rahbari I.A. va boshqalar tosh maydalash sexidagi elektr hisoblagichga tashqaridan taʼsir oʻtkazib, jami 279,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Bulungʻur tumanidagi “D.I.” fermer xoʻjaligi va Payariq tumanidagi “F.F.” oilaviy korxonasi rahbarlari xoʻjalik suv nasosini hamda toʻyxona binosini umumuy foydalanishdagi elektr tramogʻiga oʻzboshimchalik ulab, jami 225 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Bekobod tumanidagi “M.G.” MCHJ rahbari G.A. va boshqalar ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagich tamgʻasini buzib jami 192,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring