Eldor Shomurodov “Roma”dan ketishi deyarli aniqlashdi. Uning keyingi klubi nomi ham maʼlum
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kelasi mavsum Turkiya Superligasida toʻp surishi mumkin. «Gazetaarena» nashrining yozishicha, 29 yoshli futbolchiga Istanbulning “Bashakshehir” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga koʻra, aynan ushbu klub Shomurodovni oʻz safiga qoʻshib olishga eng yaqin turibdi.
Turkiyalik insayderning “Sporte Digitale” nashriga bergan intervyusida aytilishicha, “Bashakshehir” klubi Eldorga rasmiy taklif yuborgan va futbolchi bu taklifni jiddiy qabul qildi. “Shomurodov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. U Turkiyada toʻp surish variantiga jiddiy qarayapti va klub taklifiga ijobiy munosabat bildirdi”, — deydi insayder. Avvalroq futbolchining nomi “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” klublari bilan ham bogʻlangan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, “Roma” klubi yozgi transfer oynasida Shomurodovni sotishni rejalashtirgan. Sababi, futbolchining joriy shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydi va klub uning transferidan maksimal daromad olishni istamoqda.
Qayd etish kerakki, oʻzbekistonlik hujumchiga boshqa ligalardan ham qiziqishlar mavjud. Jumladan, MLSdagi bir nechta klublar ham Shomurodovni oʻz safiga qoʻshmoqchi boʻlib, hattoki nomi oshkor qilinmagan bir jamoa allaqachon taklif yuborgan.
Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov 2024/25-yilgi mavsumda “Roma” safida 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali unga 5 million yevro miqdorida transfer qiymati belgilagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring