El boshiga ish tushganda...
Illyustrativ foto
Navoiy viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan bugungi kunga qadar 6000 dan ortiq ehtiyojmand va muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Bugungi sinovli kunlarda xalqimizga xos muruvvatlilik tadbirkorlarimizning mehr-oqibati, tashabbuskorligi, saxovatpeshaligida yana bir bor koʻzga tashlanmoqda. Ayni kecha-kunduzda ular tomonidan aholining muhtoj qatlamiga har tomonlama yordam koʻrsatilib, tashvishlar baham koʻrilmoqda, desak mubolagʻa emas. Xususan,Navoiy shahrida issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlar tomonidan ehtiyojmand oilalarga inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega vitaminga boy sabzavot mahsulotlari yetkazib berildi.
Karmana tumanidagi “Karmana golden eggs”korxonasi rahbari Aziz Suvonov tomonidan esa karantin boshlangan dastlabki kunlardan eʼtiboran har kuni Navoiy shahri va Karmana tumani mahallalarida qoramol va tovuq goʻshti hamda tuxumning arzonlashtirilgan savdosi tashkil etilmoqda. Chunonchi, qoramol goʻshtining 1 kilogrammi 40, tovuq goʻshtining esa 10 ming soʻm etib, tuxumning donasi 500 soʻm belgilanib, har bir xonadonga 2 kilogrammdan goʻsht va 30 donadan tuxum sotilmoqda.

- Shuningdek, tadbirkor mahallamiz ahliga xonadonlarda parrandachilikni yoʻlga qoʻyishni taklif etib, buning uchun uch kunlik joʻjalar yetkazib berishini bildirdi, — deydi Karmana tumanidagi “Dehqon” MFY raisi Nurali Toshev, — Shu asosda bugungi kunda ellik oilaning roʻyxatini shakllantirdik.
Tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminotida hech qanday cheklov va uzilishlar boʻlmasligini isteʼmolchilar orasida keng targʻib qilish, aholini hech qanday tahlikaga tushmasdan uyda, oilasi bagʻrida qolishi ushbu ofatga qarshi turishning eng muhim shartidir. Shu bois koʻpgina fuqarolarning kommunal toʻlovlardan qarzdorligi nainki, tadbirkorlar balki oddiy saxovatpesha fuqarolar tomonidan toʻlanayotganligi eʼtiborga molik. Xususan, Xatirchi tumanining Damariq mahallasida yashovchi Sh.Qozoqovaning tabiiy gazdan 1 mln. 407 ming soʻmlik qarzdorligini fuqaro Ya.Janiyev toʻlab berildi.
Shuningdek, fuqaro E.Qodirov, A.Jabborov, K.Eshquvvatov, N.Shakirov va E.Jumayevlar hozirda qarzdorlikni toʻlash imkoniyati cheklangan fuqarolarning qarzdorligini qoplash uchun oʻz pul mablagʻlarini byuroning hisob raqamiga oʻtkazib berdilar. Mazkur mablagʻlar toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan 71 nafar fuqaroning ijro hujjatlaridan boʻlgan qarzdorligini qoplash uchun yoʻnaltirildi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring