Dunyodagi eng boy odam sudga berildi

12:59 15 Yanvar 2025 Jamiyat
411 0

AQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Ilon Maskni 2022-yilda “Twitter”ning katta ulushini sotib olganligi haqda kech oshkor qilgani uchun sudga berdi.

Vashington, Kolumbiya okrugi federal sudiga berilgan shikoyatga koʻra, Mask “Twitter” aksiyalarining dastlabki 5 foizini sotib olganini eʼlon qilishni 11 kunga kechiktirgan.

SEC qoidalariga koʻra, investorlar 10 kalendar kun ichida 5 foiz aksiyaga egalik qilish chegarasini kesib oʻtgani haqida xabar berishi shart. Mask uchun bu muddat 2022-yil 24-martda tugagan.

U xabar berilmagan muddat davomida 500 million dollardan ortiq “Twitter” aksiyalarini sunʼiy ravishda, arzon narxlarda sotib olgan va shu vaqtgacha 9,2 foiz ulushga ega boʻlgan.

Uning ulushi haqidagi maʼlumot oshkor qilingandan soʻng “Twitter” aksiyalari narxi 27 foizdan koʻproqqa oshdi.

SEC Maskdan jarima toʻlashni va noqonuniy yoʻl bilan olgan daromadlarini qaytarishni talab qilmoqda.

2022-yil oktyabr oyida Mask “Twitter”ni 44 milliard dollarga sotib oldi va uning nomini “X” deb oʻzgartirdi.

Maskning advokati Aleks Spiro SEC daʼvosini regulyatorning oʻz mijoziga qarshi “koʻp yillik taʼqib kampaniyasi”ning choʻqqisi deb atadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер