Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.
“Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.
Bu – islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Andijon hamma sohada islohotlar ijrosiga astoydil kirishib, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy oʻzgarishlarni tez olib kirayotgan hududlardan biri ekani taʼkidlandi.
Oʻtgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, 51 ta korxona kichikdan oʻrta toifaga oʻtdi, 13 tasi yiriklashdi. Bir yilda 450 ming aholi ishli boʻldi.
Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad koʻtardi. Buning hisobiga oʻtgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.
“Lekin hayot bir joyda toʻxtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi gʻoya va tashabbuslar bilan chiqayapti, oldimizga katta-katta masalalarni qoʻymoqda”, dedi Prezident.
Shuni hisobga olib, viloyatga qoʻshimcha 1 trillion soʻm yoʻnaltirilishi aytildi.
Viloyat hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 16 ta shahar va tuman hokimlari aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi surʼatni saqlab qolishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
“Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim”, dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring