“Dunyo goʻzali — 2025” gʻolibi aniqlandi
Chexiyalik model Natali Pushkinova “Dunyo goʻzali — 2025” tanlovida gʻolib deb topildi. Tanlovning final bosqichi “Critical Beauty Philippines” kanali tomonidan efirga uzatildi.

Kecha, 5-noyabr Filippin poytaxti Manila shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada 79 mamlakatdan kelgan goʻzallar ishtirok etdi. Tanlovda islandiyalik Sollis Vala Ivarsdottir “Havo goʻzali”, Vyetnam vakili Chin Mi An “Suv goʻzali”, Tailanddan kelgan Vari Ngamkxam esa “Olov goʻzali” nomiga sazovor boʻldi.

Shuningdek, Kolumbiya vakili eng yaxshi namoyish uchun, kubalik ishtirokchi esa kechki libos boʻyicha sovrindor deb topildi.
Maʼlumot uchun, nufuzi jihatidan “Miss Universe”, “Miss World” va “Miss International” kabilar bila bir qatorda turadigan “Dunyo goʻzali” tanlovi 2001-yildan buyon oʻtkazilib kelinadi. U nafaqat goʻzallik, balki atrof-muhitni muhofaza qilish gʻoyalarini ilgari surishga qaratilgan. Tanlov gʻoliblari keyinchalik butun dunyoda ekologiya elchilari sifatida faoliyat yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring