Dragan Cheranning yangi jamoasi maʼlum boʻldi
“Nasaf” klubining sobiq futbolchisi Dragan Cheran faoliyatini “Andijon”da davom ettiradi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekiston chempionatida toʻp surib eng yaxshi legionerlardan biri boʻlib kelgan toʻpurar hujumchi Dragan Cheran bilan shartnoma imzolandi.
Umid qilamizki, tajribali hujumchi yangi mavsumda jamoamizning gʻalabalariga munosib hissa qoʻsha oladi”, — deyiladi, manba xabarida.
Maʼlumot uchun, Dragan 1987-yilning 6-oktyabr kuni Serbiyada tavallud topgan. Tajribali futbolchi faoliyati davomida “Smederevo-1924” (Serbiya), “Pojarevas” (Serbiya), “Vesterlo” (Belgiya), “Xapoel Xayfa” (Isroil), “Makkabi Netaniya” (Isroil), “Simurg” (Ozarbayjon), “Xadjer” (Saudiya Arabistoni), “Vardar” (Makedoniya), “Paxtakor” va “Nasaf” klublarida toʻp surgan.
Cheranning Oʻzbekistondagi faoliyati 2016-yildan boshlangan. U 2019-yildan 2024-yilgacha ketma-ket 6-marta Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Bu borada Cheran Oʻzbekiston chempionatida mutlaq rekordchi sanaladi.
Dragan faoliyati mobaynida shu paytgacha 538 ta oʻyinda maydonga tushib 239 ta gol urgan va 57 ta golli uzatmani bajargan.
Jumladan, Superligada 226 oʻyinda raqiblar darvozasiga 147 ta toʻp kiritgan. Shuningdek, Cheran 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 3 karra Superkubok gʻolibi va 2-marta Kubok sohibiga aylangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring