“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha ayblanayotgan Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi maʼnaviy zararni qoplash evaziga oʻgʻlini ozodlikka chiqarishni soʻradi
Oʻzbek-arab qoʻshma korxonasi hisoblangan “Jurabek laboratories” Oʻzbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning oʻlimi va 16 nafar bolaning nogiron boʻlib qolishiga sabab boʻlgan “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million soʻm miqdoridagi maʼnaviy zararni 3-yil ichida boʻlib-boʻlib toʻlab berish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Daryo.uz” nashri manbasi xabar beradi.
Bunday iltimosnomani korxonaning ayni kundagi direktori Munira Kariyeva (u Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi) Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi raisi va apellyatsiya instansiyasiga kiritgan.
Munira Kariyeva “Jurabek laboratories” taʼsischilaridan biri sifatida bu mablagʻlarni korxona daromadidan dividend sifatida yechib olishini, bunga esa koʻproq muddat ketishini, MCHJ hisobidan birdaniga 75 mlrd soʻmni yechib olish imkoni yoʻqligini aytgan.
“Evaziga esa oʻgʻlim S.Kariyevga nisbatan qonunning insonparvarlik prinsipini qoʻllab, unga nisbatan tayinlangan 18-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida yengillik berilishi va uni ozodlikka chiqarilishidan umidvorman. Sizdan ushbu maqsadga erishishimga yordam berishingizni iltimos qilaman”, — deydi Munira Kariyeva.
Eslatib oʻtamiz, sud hukmi bilan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevga 18-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, unga 2-yilu 6 oy muddatda davlat idoralarida rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilish tarzdagi qoʻshimcha jazo belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring