DXX 20 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar savdosining oldini oldi
Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 20,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram -kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Toshkent shahrida yashovchi, 1984-y.t. fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan Ohangaron tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 4 kg 935 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtida ushlangan.

Maʼlum boʻlishicha, internet-narkodoʻkonning “omborchi” lavozimidagi ishchisi hisoblangan mazkur shaxs koʻp miqdordagi giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida yashirib ketilgan lokatsiyalardan olish va qismlarga ajratgan holda, respublikamizning turli viloyatlariga yetkazib berish bilan shugʻullanib kelgani fosh boʻlgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1981-yilda tugʻilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs toʻxtatilib, uning qoʻlidagi 1 dona xoʻjalik qopi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda 9 kg 829 gr “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻlgan va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan holatda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida, Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi, 1959-yilda tugʻilgan fuqaroning yashash xonadoni tegishli tartibda koʻzdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, u muqaddam qoʻshni davlatlarning biridan olib kelingan 4 kg 652 gr “opiy”, 380 gr “gashish” va 492 gr “marixuana” giyohvandlik vositalarini kelgusida mijozlarga sotish maqsadida saqlab kelayotganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring