Diqqat, kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Davlat komissiyasi majlisining 2020-yildagi 1-son bayoniga muvofiq 2020-yil 5-iyuldan 20-iyulga qadar kasb-hunar maktablariga kasb-hunar egallash istagida boʻlgan 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari onlayn qabul qilinadi.
2020/2021 oʻquv yili uchun kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayonlari onlayn tarzda kasb.edu.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
9-sinf bitiruvchilari quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
Elektron ariza
Umumtaʼlim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi.
3x4 fotosurat
Kasb-hunar maktablarida quyidagi ishchi kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:
tikuvchi;
chilangar;
issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti;
avtomobillarni taʼmirlash chilangari;
oshpaz;
qandolatchi;
asalarichi.
Kasb-hunar maktablarining afzalligi, bu yerda 2 yil davomida umumtaʼlim va mutaxassislik fanlari integratsiyalashgan dasturlari asosida oʻqitiladi. Oʻquvchiga oʻzi tanlagan kasb boʻyicha bilim beriladi.
Fuqarolar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida professional taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari boʻyicha tashkil etilgan “Call markaz”ga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring