Dehqonobodda tikilgan liboslar Yevropada xaridorgir
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Dehqonobod tumanida “Zarafshon tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2023-yilda yirik toʻqimachilik korxonasi qurilib, ishga tushirilgan edi. Ushbu korxona qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyat yoʻlini bosib oʻtishga ulgurdi.
— Qoʻligul chevarlarimiz tikkan liboslar juda xaridorgir, — deydi ish boshqaruvchi Hasan Umarov. — Dehqonoboddagi korxona “Zarafshon tekstil” MCHJning 12-filiali hisoblanadi. Boshqa korxonalarda bichilgan matolar bu yerda tikilib, qadoqlanib, toʻgʻri eksportga yoʻnaltiriladi. Ayni paytda oyiga 300 ming donadan oshiq bolalar va erkaklar liboslari tikilib, mahsulot toʻliq Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda.
Eʼtiborli tomoni, korxonada 350 dan ziyod xotin-qizlar ish bilan band. Korxona rahbariyatining aytishicha, mahsulotga xorij bozorlarida talab katta. Shu bois ishlab chiqarish salmogʻini oshirish reja qilingan. Bu yana 150 dan oshiq ishchi kuchiga ehtiyoj paydo boʻladi, deganidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring