Dehqonobodda baxshichilik festivali oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga ijrosini taʼminlash maqsadida Dehqonobod tumanida “Yurtin doston etar baxshi” deb nomlangan davra suhbati hamda festival oʻtkazildi.
Baxshilar eli boʻlgan Dehqonoboddda bugungi kunda Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Qodir oʻgʻli,Oʻzbekiston xalq baxshilari Shomurod Togʻayev, Abdimurod Rahimov, Maxmatmurod Rajabov va Ochil Chorshanbiyev oʻzbek xalq dostonlari, termalarini kuylab kelmoqdalar.
Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodida boʻlib oʻtgan festivalda xalq dostonlaridan namunalar, badihagoʻylik yoʻlida termalar, aytishuvlar aytildi.
Festival doirasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda taniqli baxshi Bahrom Rahimov birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Murodilla Aliqulovga, uchinchi oʻrin esa Sanjar Chubayevga nasib etdi. Diyor Rasulov “eng yaxshi ijrochi” deb topilgan boʻlsa, Ilhom Rahimov “eng yaxshi cholgʻu ijrochisi” nominatsiyasida gʻolib chiqdi.
Gʻolib va sovrindorlar, festival ishtirokchilari Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodi direktori Hamidila Shermatov tomonidan qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring