“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Unga koʻra, xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:
— davlat koʻchmas mulk obyektlari;
— davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
— davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.
Davlat mulki, toʻliq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno)
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlangʻich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
— auksion;
— tanlov savdolari;
— muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
— raqobatga asoslangan muloqot;
— birja savdolari;
— davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
— davlat ulushlarini va davlat koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
— davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring