Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Hozir togʻ-kon, agrosanoat, toʻqimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda. Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xoʻjaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi boʻyicha ham tizim yaratiladi. Bu haqda Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.
Har bir kasb yoʻnalishi boʻyicha aynan yoshlar oʻrtasida respublika musobaqalari oʻtkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.
Tarmoq rahbarlari har yili oʻz tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yoʻlga qoʻyadi.
Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard soʻmdan ajratadi. Bu mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.
Oʻqishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish boʻyicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.
Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.
Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan taʼminlashga masʼul boʻladi.
Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy taʼlim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bogʻlaydigan platformani ishga tushiradi.
Bandlik, Maktab, Oliy taʼlim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, taʼtildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.
Har yili yuqori sinf oʻquvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va koʻmaklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Soʻnggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha boʻlgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.
“Biz Yangi Oʻzbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini roʻyobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega oʻgʻil-qizlarimizga tayanamiz.
Shu bois, oʻtgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish boʻyicha muhim farmonni imzoladim.
Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi”, dedi Prezident.
Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.
Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring