Darsliklar, kundaliklar va boshqalarga reklama joylashtirish taqiqlanadi — Qonun loyihasi

11:25 16 Noyabr 2021 Jamiyat
503 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilindi. 

Mazkur qonun loyihasi bilan reklama beruvchilar, tayyorlovchilar hamda tarqatuvchilarning sohadagi huquq va majburiyatlari, reklamaga qoʻyiladigan asosiy talablar va ushbu talablarni buzganlik uchun jazo choralari koʻrsatib oʻtilmoqda.

Reklamaga qoʻyilgan talablar koʻra, reklamada jinsiy, irqiy, milliy, diniy kamsitish, fuqarolarning sogʻligi va hayotiga zarar yetkazuvchi harakatlarni sodir etishga chaqirish, bevosita mualliflik huquqiga taʼsir qiluvchi axborotlardan, pornografiya tusidagi axborotlardan, shuningdek, davlat ramzlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, professional taʼlim sohasida foydalaniladigan darsliklar, kundaliklar va boshqalarga reklama joylashtirish, qolaversa, milliy madaniyat va urf-odatlarga, axloq va maʼnaviyatning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanishi koʻzda tutilmoqda.

Reklama va OAV sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik toʻsiqlar hamda ularning faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarning oldini olish maqsadida ayrim normalar bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?