Daromadi 5 milliondan yuqori qatlamga imtiyozli narxdagi 200 kVt norma qoʻllanilmasin — Alisher Qodirov
Foto: Milliy tiklanish
“Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov elektr energiyasining narxi oshishi borasidagi eʼtirozlarga javob qaytardi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov elektr energiyasining narxi oshishi borasidagi eʼtirozlarga oʻzgacha uslubda javob qaytardi.
Deputatning aytishicha, 1 kilovatt elektr energiyaning tannarxi 990 soʻm ekanligini 200 kilovattgacha 450 soʻmdan, 1000 kilovattgacha 900 soʻmdan sotilishi yordam sifatida qabul qilinishi kerak, talab emas!
“Odatda oyiga 300-400 ming soʻmdan oshmaydigan elektr uchun toʻlovim 800 ming soʻmdan oshdi, xursand emasman, lekin bu men ishlatgan energiya va uning haqini men toʻlashim kerak. Rostdan ham koʻmakka muhtoj boʻlgan aholi qoʻllab-quvvatlanishi kerak, hamma emas. Masalan, daromadi 5 million soʻmdan yuqori boʻlgan qatlam uchun imtiyozli narxdagi 200 kVt norma qoʻllanilmasin…”, degan Qodirov.
Deputat energetika sohasida bozor munosabatlari boʻlishi shartligini, daromadsiz energetika iqtisodiyotni tortmasligini ham qayd etgan. “Tizim taʼmirtalab ekanligi uchun taʼminot sifatsiz boʻlyapti va isteʼmolchilarning haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Lekin muntazam taʼmirlash uchun muntazam daromad boʻlishi kerak. Daromad koʻrmasa tizim qachon oʻzgaradi! Davlat byudjeti chegarasiz emas”, degan u.
Shuningdek, Alisher Qodirov energiya resurslarini qiymatidan ikki karra arzonga sotilishi mamlakat iqtisodiyotini, pirovardida xalq turmushini yomonlashishiga sabab boʻlayotganini qistirib oʻtgan.
“Ertaga yaxshi boʻlishi uchun bugun qiynalamiz, boshqa yoʻli yoʻq”, deb tugatgan deputat postini.
Avvalroq, Alisher Qodirov jamiyatdagi otalik mavqeyi haqda jiddiy chiqish qilgandi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring