Daraxtlarni oʻz vaqtida sugʻormagani uchun Buxorodagi maktab va bogʻcha rahbarlari jarimaga tortildi

Arxiv foto
Buxoro viloyatida daraxtlarni oʻz vaqtida sugʻormaganligi uchun maktab, maktabgacha taʼlim, obodonlashtirish va Yoʻl koʻkalam muassasalari rahbarlariga jami 20 million 400 ming soʻm miqdorda jarima belgilandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot kotibi «Xalq soʻzi»ga maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta koʻchatlarining holati yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilganda 6 ta holatda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.
2023-yil kuz va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt koʻchatlari parvarishiga, xususan, sugʻorilishiga eʼtibor qilmagan 6 ta holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qoʻllanilishi belgilangan.
Gʻijduvon va Jondor tumanlarida aybdor sifatida bittadan bogʻcha va maktab rahbarlari, Qorovulbozor tumanida Yoʻl koʻkalam davlat muassasasi, Buxoro shaharida esa Obodlashtirish boshqarmasi rahbari aybdor, deb topilgan.
«Ushbu holatlar yuzasidan ekilgan daraxt koʻchatlarini oʻz vaqtida sugʻormaganligi va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmaganligi oqibatida qurib qolganligi uchun hududlardagi 6 nafar masʼul shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 million 400 ming soʻm miqdorda jarima belgilandi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring