Dangʻara – laylaklar makoni
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Dangʻara tumani ramziy maʼnoda Fargʻona vodiysi darvozasi deyiladi. Qamchiq dovonidan tushib kelaverishda tumanning oʻziga xos tabiati, obod va fayzli qishloqlari, katta yoʻl boʻylab turnaqator boʻlib bir safda tizilib turadigan non, savdo rastalari har qanday yoʻlovchini oʻziga tortadi.
Dangʻara tumani bepoyon oʻrmon xoʻjaliklari, asrlar mobaynida tabiiy holda saqlanib kelayotgan tabiat yodgorliklari bilan ham mashhur. Shu bois tumandagi har bir maskan oʻz tarixiga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.


Xobbobo ziyoratgohini mahalliy aholi laylakmozor deb ham aytadi. Sababi, qishin-yozin ushbu qadrdon maskanni laylaklar tark etmaydi. Bu yerda yuzlab laylaklar uya qurib, koʻpayadi, polaponlarini uchirma qiladi. Koʻllar, soylar boʻyicha oʻz rizqini terib yashaydi.
—Laylaklar juft-juft boʻlib yashaydi, juda ham oilaparvar, oʻz tugʻilib oʻsgan makoniga sadoqatli boʻladi,—deydi ekologiya faoli Gulnoza Toʻxtasinova.—Qolaversa, laylaklar yurt fayzi va barakasi, tinchlik ramzi sifatida ham eʼzozlanadi. Keyingi yillarda yurtimizning choʻl-dasht hududlarida laylaklarni koʻpayib borayotgani quvonarlidir.


Eʼtiborlisi, laylaklar asosan toʻrongʻi daraxtiga in quradi. Bu daraxt inson qoʻli bilan ekilmaydi, u tabiiy holda koʻpayib, koʻkka boʻy choʻzadi. Yashnab turganida kessangiz sersuvligi bois yuzingizga suvi sachraydi, lekin kesilgandan keyin hatto mix oʻtmaydigan darajada zarang boʻlib qotib ketadi.
Toʻrongʻi baʼzan qisqa muddat ifor taratib, ajoyib gullaydi. Barglari qip-qizil rangga burkanib toʻkiladi...
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring